“Barselona” Kuman o‘rniga undan zo‘rini tanladi

  • 04.10.2021 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona”ning ichki chempionatdagi va Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsiz o‘yinlari bosh murabbiy Ronald Kumanga qimmatga tushmoqda.

Klub xo‘jayini uning o‘rniga boshqa mutaxassisni tanladi. Manbalarning xabar berishicha, Joan Laporta klub mutasaddilariga jamoani boshqarishga “Ayaks”ni muvaffaqiyatli boshqarayotgan Erik ten Xagni olib kelishni buyurgan.

Avvalroq, agar “Barselona” Ispaniya chempionatida “Atletiko”ga yutqazsa, KUman klubni tark etishi haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Laporta oldida bosh murabbiy masalasini hal etishdan tashqari, klubni moliyaviy inqirozdan olib chiqish vazifasi ham turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!