"Barselona" La Liga to‘purarlaridan birini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 15.01.2019 14:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning “Jirona” klubi forvardi Kristian Stuani “Barselona”ga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Tecno

Football Espana tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” 32 yoshli urugvaylik futbolchini shartnomasida ko‘rsatilgan 15 mln evro tovon puli evaziga sotib olishni rejalashtirishmoqda. Ta’kidlash lozimki, Stuani “Barselona”da “Sevilya”ga transfer qilingan Munir El-Xaddadining o‘rnini egallashi mumkin.

Ma’lumot uchun, Stuani joriy mavsum La Liganing 17ta o‘yinida maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 12ta gol urishga erishdi. U to‘purarlar poygasida Lionel Messi va Luis Suareslardan so‘ng 3-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!