"Barselona" Laportani lavozimidan ozod etdi

  • 09.02.2026 18:09
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Barselona" o‘zining rasmiy sahifasida klub prezidenti Joan Laportani iste’foga chiqarganini ma’lum qildi. 

Manba ma’lumotiga ko‘ra, iste’fo bugun bo‘lib o‘tgan direktorlar kengashi yig‘ilishida e’lon qilingan. Laportaning lavozimidan ozod etilishi "Barselona" prezidentini saylash jarayoni bilan bog‘liq. Laporta yangi saylovga nomzodini qo‘yish huquqiga ega bo‘lish uchun lavozimidan bo‘shatilishi lozim edi. 

Ma’lumot uchun, Kataloniya klubiga yangi prezidenti saylovi 15 mart kuni o‘tkaziladi. Hozircha "Barselona"da bu lavozimni vaqtincha Rafael Yuste bajarib turadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!