“Barselona” muammolar girdobida qolmoqda

  • 04.08.2022 20:00
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona”da qayta qurish ishlari davom etmoqda. Ispaniyaning AS nashri klubga oid bir qancha ma’lumotlarni taqdim etdi. Demak, bugungi kunda Xavi 33 nafar futbolchi bilan ishlamoqda, vaholanki, La Liga yakuniy ro‘yxatiga atigi 25 kishi kiritilishi mumkin. Qolaversa, kataloniyaliklar transfer oynasi yopilgunga qadar yana bir necha o‘yinchi bilan shartnoma imzolashlari mumkin.

Shuningdek, klubning maosh fondi ham 560 dan 400 million evroga qisqartirishi kerak. Shu bois, "Barselona" moliyaviy sabablarga ko‘ra bir qancha o‘yinchilar bilan ham xayrlashishi zarur.

Avvalroq matbuotda “ko‘k-anorranglilar” birdaniga uchta futbolchisi - Frenki de Yong, Per-Emerik Obameyang va Memfis Depayni “Chelsi”ga taklif qilingani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!