
"Barselona" muxlislari uchun finaldan oldin ajoyib xushxabar!
Bugun "Barselona" va "Atletik" Bilbao jamoalari o‘rtasida Ispaniya Superkubogi bellashuvi bo‘lib o‘tadi.
Cadena SER nashrining xabar berishicha, agar shifokorlar tomonidan hech qanday qarshilik bo‘lmasa, Lionel Messi finalda asosiy tarkibda maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli argentinalik futbolchi mushaklaridagi jarohat sabab “Real Sosedad”ga qarshi bo‘lib o‘tgan yarim final bellashuvini ham o‘tkazib yuborgan edi. Shundan so‘ng, uning finalda ham o‘ynamasligi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.
“Barselona” – “Atletik” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
Fikrlar