"Barselona" muxlislari uchun noxush xabar
Xabaringiz bor, mavsumning o‘rtasida "Barselona" maoshlar cheklovi tufayli Dani Olmo va Pau Viktorni ro‘yxatdan o‘tkazishda qiyinchiliklarga duch keldi. Kataloniyaliklar o‘yinchilarni turnirlarga vaqtinchalik muddatga qaydnomaga kiritishdi.
Biroq, endi bu futbolchilar ro‘yxatdan chiqarilishi mumkin. Bu haqda "BarcaUniversal" xabar bermoqda. La Liga "Barselona"ning VIP-o‘rinlarni 100 million evroga sotish bo‘yicha kelishuvini hisobga olmasligini tasdiqladi.
Shu bois, Kataloniya klubi yana moliyaviy holati feyr-pley qoidalariga mos kelmayapti. Shubhasiz, VIP-joylarni sotish bo‘yicha bitim noqonuniy deb topilgan.
Ma’lumot uchun, "Barselona" La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va ikkinchi o‘rindagi "Real Madrid"dan uch ochko oldinda bormoqda.



Fikrlar