
“Barselona” MYudan 100 million evro talab qilmoqda
“Barselona” rahbariyati frantsiyalik hujumkor futbolchi Usmon Dembele transferi uchun “Manchester Yunayted”dan 100 million evro talab qilmoqda.
Angliya premer-ligasini o‘z maydonidagi mag‘lubiyat bilan boshlagan “Manchester Yunayted”ni muxlisu mutaxassislar transfer bozorida sustkashlikka yo‘l qo‘yganlikda ayblamoqda. Shuning uchun klub rahbariyati Sulsherga kuchli futbolchilarni olib berishga qaror qilgan. Xususan, Dembele bo‘yicha muzokaralar ham hal qiluvchi pallaga kirdi.
Ayni paytda manchesterliklar Dembeleni ijaraga olmoqchi. Kataloniyaliklar esa keyinchalik sotib olish majburiyatini ham yuklashni istayapti. Tomonlar hali bir to‘xtamga kelgani yo‘q.
Fikrlar