"Barselona" navbatdagi o‘yin oldidan jiddiy yo‘qotishga uchradi

"Barselona" hujumchisi Usman Dembele La Liganing 34-turidan o‘rin olgan "Malorka"ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

"Sport.es" nashrining xabariga ko‘ra, futbolchi sog‘ligidagi muammolar sababli navbatdagi o‘yinda jamoasiga yordam bera olmaydi. Dembeleda tomoq og‘rig‘i alomatlari bor.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" va "Malorka" o‘rtasidagi o‘yin 1 may kuni bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!