
"Barselona" Niderlandiya terma jamoasi hujumchisini o‘z safiga qo‘shib oldi
"Sevilya"ning niderlandiyalik hujumchisi Lyuk de Yong yangi mavsumni "Barselona"da o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar 31 yoshli futbolchini La Ligada transfer oynasi yopilishi arafasida o‘z tarkibigi qo‘shib olishgan. Aytish kerakki, "Barselona" de Yongni tekinga qo‘lga kiritdi, biroq “ko‘k-anor ranglilar” uning maoshini to‘liq to‘lab berishadi.
Lyuk de Yong "Sevilya" safida 2019 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida andalusiyaliklar safida jami 94 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 19 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
U bundan avval "De Grafsxap", "Tvente", "Borussiya M", "Nyukasl" va PSV klublarida o‘ynagan. Niderlandiya terma jamoasida esa 38 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Fikrlar