
"Barselona" o‘rtoqlik uchrashuvida "Manchester Siti"dan ustun keldi
Bundan biroz avval Amerika Qo‘shma Shtatlarida Evropaning ikki top klubi - "Barselona" hamda "Manchester Siti" o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Florida shtatidagi Orlando shahrida joylashgan "Kemping Uorld" stadionida kechgan o‘yinning asosiy bo‘limlari 2:2 hisobida jangovar durang bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa 4:1 hisobida kataloniyaliklarning qo‘li baland keldi.
"Manchester Siti" o‘zining navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini 4 avgust kuni "Chelsi"ga qarshi o‘tkazadi, "Barselona" esa huddi shu kuni "Real"ga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar