
"Barselona" o‘ynamaydigan futbolchini ro‘yxatga kiritdi
"Barselona" hujumchisi Martin Breytueyt Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Napoli"ga qarshi bahsga jamoa bilan birga boradi.
Daniyalik futbolchi jamoaning bu turnirdagi o‘yinlariga ro‘yxatdan o‘tkazilmagan vam aydonga tusholmaydi, ammo shunday bo‘lsada, jamoaning Neapolga boradigan futbolchilari ro‘yxatidan o‘rin oldi.
Eslatib o‘tmaiz, Breytueyt 20 fevral kuni "Leganes" klubidan "Barsa" safiga ko‘chib o‘tdi. U "ko‘k-anorranglilar" bilan 2024 yilning yoziga qadar bitim imzoladi. Uning transferi kataloniyaliklar uchun 18 mln evroga tushdi.
Ma’lumot uchun, "Napoli" va "Barselona" qarama-qarshiligi 25 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar