
“Barselona” o‘z o‘yinchisi katta narxga sotadigan bo‘ldi
“Barselona” rahbariyati jamoa himoyachisi Jyul Kundeni qishki transferlar oynasi ochilishi bilan sotib yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Diario SPORT nashrining ma’lum qilishicha, 25 yoshli futbolchi xizmatiga “Chelsi” jiddiy qiziqish billirmoqda.
Manbaga ko‘ra, bu transfer kataloniyaliklar qaznasiga 60 million evro keltirishi mumkin.
Frantsiyalik legioner aslida “Bordo” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Kataloniyaga kelishidan avval Ispaniya chempionatida “Sevilya” sharafini himoya qilgan.
“Barselona” Kundeni 2022 yili 50 million evro evaziga o‘z safiga qo‘shib olgan edi. Kunde asosan o‘ng qanot himoyachisi hisoblanadi. Zarur bo‘lgan markaziy himoyachi o‘rnida ham ishonchli o‘ynay oladi.
Fikrlar