
"Barselona" o‘z yulduzi o‘rniga allaqachon 3 nafar nomzod topdi qo‘ydi
"Barselona"ning Usmon Dembele bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralari natija bergani yo‘q.
Vaziyatdan xabardor bo‘lgan agentlar "Barsa"ga yangi vinger qidirish ishlarini boshlab yubordi. Jumladan, "ko‘k-anor ranglilar" Xakim Ziesh, Antoni Marsyal va Brayan Xil kabi APL grandlari futbolchilarini nishonga olgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Dembele Kataloniya klubidan 40 million evro maosh va 20 million evro bonus talab qilmoqda. "Barsa" bu talablarni bajarish niyatida emas.
Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli frantsuz ushbu mavsum jami 8 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar