
"Barselona" prezidenti Messining kelajagi borasida gapirib o‘tdi
"Barselona" klubi prezidenti Jozep Bartomeu jamoa sardori Lionel Messining kelajagi borasida gapirib o‘tdi.
“Messi “Barselona”dan ketmoqchi emas. Biz unga har doim bitta jamoaning futbolchisi bo‘lib qolishi mumkinligini aytib kelamiz. Unda ham xuddi shunday maqsad bor”, - deydi Bartomeu.
Ma’lumot uchun, 31 yoshli argentinalik futbolchi 2003 yildan buyon “Barselona” sharafini himoya qilib kelmoqda.
Fikrlar