"Barselona" prezidentidan balandparvoz gaplar

  • 20.07.2022 23:44
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" prezidenti Joan Laporta Robert Levandovski transferi haqida gapirdi. 

"Biz uni o‘z safiga qo‘shib olganimizdan xursandmiz. U "Barsa"ga o‘tish uchun qattiq kurashdi va biz bundan faxrlanamiz. 

Biz jamoani yana ham kuchli qilish uchun qo‘limizdan kelgan ishni qilyapmiz. Men Mateu Alemani hamda Xordi Kroyff, shuningdek, vitse-prezident Rafael Yustening qilgan ishlari uchun o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. 

Biz o‘z darajamizga qaytyapmiz va "Barselona"ni jahon darajasiga olib chiqyapmiz. Kuchayishda davom etamiz. Albatta, o‘z imkoniyatlarimiz chegarasida", - dedi "ko‘k-anorranglilar" prezidenti. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!