“Barselona”: Pul ketsa, ketsin lekin...

  • 09.12.2021 12:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” moliyaviy inqirozga qaramasdan, Usmon Dembeleni ushlab qolish maqsadida unga jamoadagi eng katta maoshni taklif qilmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, kataloniyaliklar frantsiyalik yulduzga bir mavsum uchun 11 million evro to‘lashga tayyor.

Dembele yozda erkin agentga aylanadi va klubni tark etmoqchi. Xavi klub rahbariyatidan bu o‘yinchini olib qolishni talab qilmoqda.

Bosh murabbiyning talabini bajarish uchun klub mutasaddilari Dembelega 11 million evrodan tashqari turli bonuslar ham va’da qilyapti.

Dembelega xaridorlar bo‘layotgan klublar o‘rtasida “Manchester Yunayted”ning imkoniyati yuqori baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!