Umtiti yozda "Barselona"dan ketadi

  • 17 mart, 2020, 14:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi himoyachisi Samyuel Umtiti katta ehtimol bilan yangi mavsumni boshqa jamoada boshlaydi.

Sport.es tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” 26 yoshli futbolchini sotishga rozilik bildirishgan. Ular Umtitining sotuvidan keladigan pullarni yangi transferlarga sarflashmoqchi.

Kataloniyaliklar Umtiti o‘rniga nisbatan yoshroq va kamroq maosh oladigan futbolchi olib kelishmoqchi.

Qayd etish kerakki, Umtiti “Barselona” sharafini 2016 yildan buyon himoya qilib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!