"Barselona" rahbarlari "Arsenal" to‘purarini ko‘zlamoqda

  • 17 mart, 2020, 14:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" klubi forvardi Per-Emerik Obameyang yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi kutilmoqda.

Tecno

Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 30 yoshli gabonlik futbolchiga "Barselona"dan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Kataloniyaliklar rahbariyati Obameyang jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirishiga ishonmoqda.

Ta’kidlash kerakki, APL to‘purarining qarindoshlari bir necha oydan buyon Kataloniyada yashashmoqda.

Per-Emerik Obameyang joriy mavsum “Arsenal” safida 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va 20 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning transferi esa 70 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!