“Barselona” Ronalduning transferi barbod bo‘lganidan mamnun

  • 14 yanvar, 2021, 10:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” prezidentligiga nomzod Joan Laporta avval klubni boshqargan davrda ya’ni 2003 yili Krishtianu Ronalduning Kataloniya klubiga transferi barbod bo‘lganini esga oldi.

Tecno

- Biz Krishtianu Ronalduni olishga juda yaqin kelganmiz. Bizga agentlardan biri “Sporting”da “Manchester Yunayted” 19 million evroga olayotgan futbolchi borligini, “Barselona”ni uni 17 million evroga olishi mumkinligini aytgandi.

Biz o‘sha payt Ronaldinoning transferi uchun xarajat qilib bo‘lgandik. O‘shanda Krishtianu hujum markazidan ko‘ra, ko‘proq qanotda o‘ynardi. Biz barcha pozitsiyalarni yopganimiz uchun undan voz kechgandik. Lekin Ronalduni olmaganimizdan xafa emasman, - dedi Joan Laporta.

Ma’lumki, Krishtianu Ronaldu “Sporting”dan Manchesterga yo‘l olgan. Ser Aleks Fergyuson qo‘l ostida professional futbolchi sifatida etilgan Krishtianu, keyinchalik “Real”da yulduzli onlarni boshdan kechirdi. Ayni paytda u “yuventus”da ham to‘purarlik mahoratini namoyish qilib, ketma-ket rekordlarni yangilamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!