"Barselona" sport direktori muhim transferni tasdiqladi
"Barselona" sport direktori Antuan Grizmanning "Atletiko"ga transferini tasdiqladi.
Hujumchi 20+4 million evro evaziga Madrid klubiga ko‘chib o‘tayotgani haqida xabarlar chiqqandi.
"Shartnoma shu xafta yakunlandi. O‘ylashimcha, biz muhim kelishuvga erishdik va maosh borasida barqaror bo‘lishni uddaladik", - dedi Mateu Alemani.
Frantsiyalikning "matraschilar" bilan ijarasi 2023 yilga qadar amal qiladi. Uning Kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasi esa 2024 yilda yakuniga etadi.



Fikrlar