"Barselona" Vinisius 2 ta o‘yinga chetlatilganidan norozi

  • 09.01.2025 15:47
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Valensiya" darvozabonini itargani uchun "Real" hujumchisi Vinisius Junior ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilingani e’lon qilingan edi.

"Barselona" musobaqalar o‘tkazish qo‘mitasi chiqargan qarorini juda yumshoq deb hisoblashmoqda. Katalon klubida Viniga nisbatan engillik bilan yondashilganidan norozi bo‘lib, uning harakatlarini jiddiy tajovuz sifatida tasniflash kerak deb hisoblashmoqda.

"Barselona"da 2022 yil noyabr oyida Robert Levandovski uch o‘yinga diskvalifikatsiya qilinganini misol keltirishgan. O‘shanda hakam polshalik hujumchi ko‘rsatgan barmoq ishorasini o‘ziga nisbatan deb, hujumchiga qizil kartochka ko‘rsatgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!