
“Barselona” Xavi o‘rniga boshqa murabbiy topdi
“Barselona” xo‘jayini Joan Laporta bosh murabbiy Xavi Ernandes o‘rniga boshqa mutaxassis olib kelish fikridan qaytgani yo‘q.
Todofichajes nashriga ko‘ra, mutasaddilar jamoani boshqarishga yangi nomzod ham topib qo‘ydi. Kataloniyaliklar “Brayton” bilan hamkorlikni to‘xtatgan Roberto De Dzerbiga ish taklif qilmoqchi.
Italiyalik mutaxassis klub rahbariyati bilan transfer siyosati borasida kelisha olmaganidan keyin jamoani tark etdi.
Roberto De Dzerbi yaqinda “Bavariya”ga bosh murabbiylik qilish taklifini rad etgandi. Unga Italiya klublaridan ham chorlov bo‘lyapti.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, tajribali mutaxassis Angliya Premer-ligasi jamoalaridan taklif kutayotgan ekan. Biroq “Barselona”dek mashhur klubning chorlovi uning tanlovini o‘zgartirishi mumkin.
Fikrlar