"Barselona" yana bir futbolchisini sotdi

  • 07.07.2021 22:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” himoyachi Serxio Akemeni “Almeriya” klubiga sotib yubordi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Ushbu transfer narxi 3,5 million evroni tashkil etgan. Bundan tashqari, kataloniyaliklar 23 yoshli futbolchining kelajakdagi transferidan 10 foiziga egalik qiladi.

Serxio Akemeni o‘tgan mavsumni aynan “Almeriya” safida ijarada o‘tkazgan edi. U Segundada 36 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

“Almeriya” klubi o‘tgan mavsum Segundada 4-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!