"Barselona" yangi futbolchilarini ro‘yxatdan o‘tkazishga ishonmoqda

  • 12 avgust, 17:57
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" Markus Reshford va Joan Garsiyani ro‘yxatdan o‘tkazishiga ishonchi komil.

Tecno

Marca xabariga ko‘ra, har ikki futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazish Inigo Martinesning "An-Nasr"ga ketishi, shuningdek, Mark-Andre ter Stegenning belidagi jarrohlik amaliyotidan so‘ng uzoq muddatga safdan chiqishi tufayli amalga oshadi. "Barselona" deyarli har kuni ro‘yxatdan o‘tishni kutayotgan futbolchilarga umidbaxsh xabarlar yubormoqda.

"Barselona" uchun ustuvor vazifa Joan Garsiani La Ligadan ro‘yxatga o‘tgazish. Reshford klubga ishonadi va La Liganing 1-turida o‘ynay olishiga ishonmoqda. Qayd etilishicha, MYudan ijaraga olingan hujumchi ro‘yxatdan o‘tishda muammolar yuzaga kelishi mumkinligidan xabardor bo‘lgan va kataloniyaliklardan yangilik kutib, xotirjamlikni saqlamoqda.

Yangi mavsumning dastlabki o‘yinida "Barselona" safarda "Malorka" mehmoni bo‘ladi. O‘yin 16 avgust, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!