"Barselona" yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun echim topdi

  • 30 iyul, 18:27
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" Mark-Andre ter Shtegen o‘rniga yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga umid qilmoqda.

Kecha germaniyalik darvozabon Bordo shahrida orqa qismida jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. AS nashrining xabar berishicha, jarroh Ameli Legliz operatsiyadan so‘ng darhol tayyorlangan dastlabki hisobotida futbolchi taxminan to‘rt oy davomida o‘yinlardan chetda qolishini tasdiqlagan.

Tecno

"Barselona" La Liga tibbiy qo‘mitasiga taqdim etadigan hujjatda ham xuddi shunday muddat ko‘rsatiladi. Agar u ma’qullansa, kataloniyaliklar ter Shtegenning maoshidan 80 foizini to‘lash imkoniyati bilan yangi futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi.

Biroq, operatsiya to‘g‘risidagi hisobotning o‘zi etarli bo‘lmaydi - klub qo‘shimcha dalillarni, jumladan MRT natijalarini yoki hatto operatsiyaning videoyozuvlarini ham taqdim etishi kerak. Shuningdek, o‘yinchining jarohat bilan bog‘liq kasallik tarixi va uni operatsiya qilgan jarrohning xulosasi ham taqdim etilishi lozim. Uch oy davomida o‘yinlardan chetda qolishini aytgan futbolchining o‘z bayonoti ekspertlar tomonidan e’tiborga olinmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!