“Barselona” yulduz futbolchini sotadigan bo‘ldi

  • 30 iyun, 2022, 16:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Triball Football nashrining xabar berishicha,  “Barselona” rahbariyati jamoa hujumchisi Memfis Depayni sotib yuborishga qaror qildi.

Kataloniyaliklar niderlandiyalik to‘purarni erkin agent sifatida tekinga qo‘lga kiritgan edi. Endi bu futbolchini 20 million evroga qo‘yib yuborishga tayyor ekanliklari aytilmoqda.

Depayni avvalgi bosh murabbiy Ronald Kuman “Barselona”ga taklif qilgan. Biroq keyinchalik uning o‘rnini egallagan Xavi Ernandes  tarkibdagi niderlandiyalik o‘yinchilarning deyarli barchasidan voz kechishga qaror qilgan.

Depay o‘tgan mavsum Ispaniya chempionatida 28 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 12 marotaba ishg‘ol qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!