
“Barselona”da katta tozalash boshlanyapti. Yulduzlar ham ketadi
“Barselona” rahbariyati mavsum yakunlanganidan keyin tarkibni tozalashga qaror qildi.
Xabarlarga qaraganda, klub darvozabon Neto, himoyachi Samyuel Umtiti, hujumchi Martin Breytueyt, yarim himoyachilar Filippe Koutino, Miralim Pyanich va Mateus Fernandesni transferga qo‘yishga qaror qilgan.
“Barsa” bosh murabbiyi Ronald Kuman yaqinda klub prezidenti Joan Laporta bilan suhbatlashganidan keyin kelasi mavsumda ham ishini davom ettirishi hal bo‘lgandi. Endi niderlandiyalik murabbiy tarkibni o‘z uslubiga moslashtiradi va yuqorida nomi keltirilgan futbolchilardan foydalanmoqchi emas.
Shuningdek, klub xo‘jayinlari ortiqcha futbolchilarni sotib yuborish orqali g‘aznaga kirim qilish va maoshlarga ketayotgan mablag‘ning ma’lum qismini tejab qolishni ko‘zlamoqda.
Fikrlar