"Barselona"da Messidan zo‘ri bor!

  • 11 may, 2022, 13:05
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La Ligasi 36-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Selta" uchrashuvida mezbonlar 3:1 hisobida zafar quchdi.

Tecno

E’tiborlisi, kataloniyaliklar vingeri Usmon Dembele Depay hamda Obameyangning gollariga assistentlik qildi. Shu tariqa, frantsiyalik futbolchi 2022 yilda ichki chempionat o‘yinlari doirasidagi samarali paslari sonini 10 taga etkazib oldi. Ushbu ko‘rsatkich Evropaning top-5 ligasidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.

Ikkinchi pog‘onada "ko‘k-anorranglilar" sobiq yulduzi, ayni paytda PSJ sharafini himoya qilayotgan Lionel Messi bormoqda. Ulardan so‘ng 8 tadan assist mualliflari Deyan Kulusevski ("Tottenhem"), Marko Roys ("Borussiya" Dortmund) va Kristofer Nkunku ("RB Leyptsig") joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchi mavsumlar avvalida "Barselona"dan PSJ safiga borib qo‘shilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!