"Barselona"dan gol o‘tkazib yuborgan darvozabonlarga maxsus pivo beriladi

  • 25 dekabr, 2020, 17:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" forvardi Lionel Messi bilan hamkorlik qiluvchi Budweiser pivo kompaniyasi argentinalik to‘purarning klub miqyosidagi faoliyatida gol o‘tkazib yuborgan barcha darvozabonlar uchun maxsus pivo ishlab chiqaradi.

Tecno

Budweiser kompaniyasi Messining “Barselona”dagi 644 ta goliga bag‘ishlab, cheklangan partiyada 644 ta shisha pivo ishlab chiqaradi. Mahsulotning etiketkasida gol nishonlayotgan Messi va 644 raqami aks etadi. Ushbu pivolar Leodan gol qabul qilib olgan 160 ta darvozabonga beriladi.

Ta’kidlash kerakki, Messi bir klubda eng ko‘p gol urish bo‘yicha futbol qiroli Peleni (643) ortda qoldirdi va mutlaq rekordchiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!