
"Barselona”ning bu yilgi qahramoni kim? (Erkinjon G‘aybullaev blogi)
Bu yil «Barselona» har doimgidanda muvaffaqiyatli mavsumni o‘tkazmoqda. Jamoa Ispaniya chempionatida bosh sovrinni naqd qilib qo‘ydi. Endi navbat Evropaga!
Ernesto Valverde tarkibni to‘g‘ri shakllantira oldi va shu bilan qatorda jamoaning etakchilari ham o‘zlariga berilgan ishonchni oqlashdi. Quyida ushbu mavsumdagi «Barsa»ning eng yaxshi o‘yinchisiga nomzod bo‘lgan besh o‘yinchini tahlil qilamiz.
- Ivan RAKITICh
Rakitich 2018-yil bo‘lib ketgan Jahon Chempionatini ham muvaffaqiyatli o‘tkazdi. «Real»dagi jamoadoshidan farqli o‘laroq, u klubda o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi.
Bu mavsumda Ivan Rakitich 46ta o‘yinda ko‘rinish berdi. Shundan 7 tasidagina zahiradan qo‘shildi. Qolgan o‘yinlarda u jamoasining ishonchli 11 futbolchisi qatoridan o‘rin oldi. U himoyachilarga juda ko‘p holatlarda yordam berdi. Uning texnikasi qiyin vaziyatlarda ham raqiblardan to‘pni olib qo‘yishda yordam berdi.
Rakitich yarim himoyachi bo‘lishiga qaramay himoya va hujumda ham ishonchli harakat qildi. U mavsumda 5ta gol urib, 6 bor gollarga assistlik qildi.
- Jordi ALЬBA
Jordi Alba – dunyoning eng yaxshi chap qanot himoyachilaridan biri. «Barsa»ni usiz tasavvir qilish qiyin. Katalaniyaning chap qanoti himoyasi deyilganda, uning ismi birinchi esolanadi. Bundan tashqari Messining ham uning mehnatlariga ko‘p bora ishi tushadi.
Albada tezlik juda yuqori, bosh bilan ham ishonchli harakat qiladi. U «podkat» berib to‘pni olishda boshqalardek zo‘r emas, ammo maydonni ko‘ra olishi va ishonchli tezligi sabab to‘plardagi bahslarda g‘olib bo‘ladi.
Uning qanot bo‘ylab o‘tkazgan «reyd»lari bu mavsumda «Barsa»ga ko‘p hollarda yordam berdi.
Himoyachi 43 baxslarning 40tasida o‘yinni birinchi daqiqalardan asosiy tarkibda boshladi.
U 11 bora gollarga assistlik qildi va ikki bor raqiblar darvozabonini hafa qildi. Himoyachi uchun ajoyib natija! Shunday emasmi!?
- Luis SUARES
Urugvaylik hujumchi «Barsa»ning ajralmas bo‘lagiga aylanib ulgurdi. U mavsumning boshida o‘z formasini tiklay olmadi, ammo mavsum o‘rtalaridan biz o‘zimiz bilgan Suaresni ko‘rishga muvaffaq bo‘ldik. «Klassiko»da Messini o‘rnini umuman bildirmagan hujumchi yakunda yirik hisobdagi g‘alabada asosiy ishni bajardi.
Suares yo‘q vaziyatdan gol paydo qilish xususiyatiga ega. U ajoyib «dribling» ustasi. To‘pni o‘zi bilan uzoq olib yura olishi bilan bir qatorda o‘z gavdasi bilan to‘pni «himoya» qila oladi. O‘z imkoniyatlaridan maksimal foydalanadi. Umumiy qilib aytganda, Messi uchun munosib «partnyor»
42 o‘yindagi 23 gol va 9 golga assistlik uning qanday futbolchi ekanligini ko‘rsatib turibdi.
- Jerar PIKE
Pike mavsumning 2tagina o‘yinida maydonga tushmadi. Umtitining jarohati sabab, bu mavsum uning uchun oson kechmadi. Ammo u o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi, Kleman Langleni o‘z qanotiga oldi va maydonga moslashishiga ko‘maklashdi.
Pike o‘zining ishonchli o‘yini sabab muxlislar mehrini doimo qozongan. Himoyadagi ishonchli o‘yini bilan bir qatorda, u jamoasining standart vaziyatlarda asosiy «figura»siga aylanadi.
Pikening hisobida bu mavsumda 7 gol va ikki assistlik mavjud.
- Lionel MESSI
Bu mavsumdagi muvaffaqiyatlarda jamoaning asosiy yulduzining o‘rni beqiyos. Argentinalik hujumchiga yillar hech qanday ta’sirini ko‘rsata olmayapti. U hamma taqdirga tan bergan vaziyatda ham «Barsa»ni bir o‘zi olib chiqib keta oldi.
Messi mavsum boshida sardorlik bog‘ichini olgani unga kuch va iroda taqdim etgandek, go‘yo.
«O‘zga sayyoralik» 40ta o‘yinda maydonga tushib 43 ta gol urishga va 15 marta gollarga assistlik qilishga ulgurdi. U Primeroning va Chempionlar Ligasining eng yaxshi hujumchisi bo‘lib turibdi.
Hozirgi paytda u nafaqat «Barselona»ning, balki dunyoning eng yaxshi o‘yinchiga aylanib turibdi. Bu mavsumda unga raqobat qiladigan futbolchi topilishi shubha ostida turibdi.
Fikrlar