"Barselona"ning "sehrli tayoqchasi" yozda klubdan ketadi?!

  • 12 aprel, 2022, 20:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni "Barselona" safida ijara asosiyda o‘tkazayotgan "Sevilya" hujumchisi Lyuk de Yong o‘zining Kataloniya klubidagi kelajagi haqida gapirdi.

Tecno

"Mavsum yakunlangach ba’zi variantlarni ko‘rib chiqaman. Har qanday futbolchi "Barselona" safida qolishni xohlaydi deb o‘ylayman. Ammo bu menga bog‘liq emas", - dedi niderlandiyalik futbolchi.

Bundan avvalroq de Yong yozda andalusiyaliklar safiga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Uning “Sevilya” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Lyuk de Yong joriy mavsum “Barsa” safida La Ligada jami 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!