"Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Braziliya klubiga ijaraga berildi

  • 26.08.2025 23:02
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Artur "Yuventus"dan "Gremio"ga o‘tdi.

Turin klubi 29 yoshli yarim himoyachining Braziliya klubiga ijara asosida o‘tganligini e’lon qildi.

Artur "Gremio" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2010 yildan 2018 yilgacha ushbu klub tizimida bo‘lgan, so‘ngra "Barselona"ga o‘tgan va keyinchalik "Yuventus"ga yo‘l olgan.

O‘tgan mavsumda futbolchi "Jirona"da, undan avvalgi mavsumda esa "Fiorentina"da ijara asosida to‘p tepgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!