
Bartomeu Messini qanday aldadi?
“Barselona”dan ketish fikridan qaytgan Lionel Messi klub prezidenti Jozep Bartomeu uni aldaganini fosh qildi.
Men klub rahbariyati va shaxsan Bartomeuning o‘ziga ketmoqchi ekanimni aytgan edim. Bu haqda unga yil davomida gapirdim. Men chetga chiqish vaqti keldi, o‘rnimni yosh iste’dodlarga bo‘shatishim kerak va “Barsa”dagi vaqtim tugadi, deb hisoblagandim.
So‘nggi mavsum men uchun juda qiyin bo‘ldi. Klubda, mashg‘ulotlarda, kiyim almashtirish xonasida ko‘p narsaga sabr qilishga va ko‘z yumishga to‘g‘ri keldi. Men yangi marralar va o‘zgacha hissiyotlar izlagan edim. Ketishim Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizlikka bog‘liq emas edi. Chunki bunga ancha oldin qaror qilgandim.
Buni Bartomeu bilardi. Unga aytgandim. U doim menga “Mavsum yakunlansin, o‘zing bir qarorga kelarsan, buni o‘zing hal qilasan”, derdi. Lekin oxiriga kelib u meni aldadi, so‘zining ustidan chiqmadi, - dedi Lionel Messi.
Fikrlar