Messi “Barsa”ga engildi. Otasi o‘g‘lining “ozodligi” uchun oxirigacha kurashadi!

  • 4 sentabr, 2020, 19:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Messi “Barselona” rahbariyatiga qarshi bosh ko‘targaniga qaramay, oxir-oqibat o‘zi istaganidek klubni tark eta olmadi.

Tecno

Bartomeuning qat’iyati Leoning yo‘lini to‘sdi. Bir necha kun davom etgan mojaroda Bartomeuning Xorxe Messi bilan uchrashuvi ko‘p narsani hal qildi. Unga ko‘ra, klub rahbari argentinalik hujumchi 700 million evro badal pulisiz ketolmasligini uqtirdi. Transfer bo‘yicha boshqa takliflar ko‘rib chiqilmasligini aytdi.

Messi ishni sudgacha borishini istamadi va yana bir mavsum Kataloniyada qolishga rozi bo‘ldi. Hozir futbolchi vaziyat bo‘yicha murojaatnoma tayyorlayotgani aytilmoqda.

Shunday bo‘lsa-da, Xorxe Messi o‘g‘lining “ozodligi” uchun oxirigacha kurashmoqchi. U Ispaniya primerasi rahbari Xaver Tebasga maktub yo‘lladi.

letter-messi-laliga

Xorxe Messi o‘z murojaatida o‘g‘lining shartnomasida agar kelishuv bir tomonlama bekor qilinsa, 700 million evrolik badal pulini talab qilish noqonuniy ekanini uqtirmoqda. Shuningdek, u liga rahbarini ushbu mojaroda klubga yonbosishda ham ayblamoqda.

Ispaniya La Ligasi rahbariyati Xorxe Messining iddaolarini qabul qilmadi va 700 million evrolik badal puli to‘lanishi shartligini bildirdi.  

“Barsa” prezidenti Bartomeuning qing‘ir ishi ochildi. Uni qamashmoqchi!

Messi “Barsa”da qoladigan bo‘ldi! Uning fikri nega o‘zgardi?

Messi tiz cho‘kdimi? Xorxe o‘g‘lining “Barsa”dan ketolmasligini tan oldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!