"Bavariya" 3 nafar afsonaviy futbolchisi bilan xayrlashganini rasman e’lon qildi

  • 19 may, 2021, 12:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" o‘zining rasmiy saytida jamoaning 3 nafar etakchisi – David Alaba, Jerom Boateng va Xavi Martines klubdan ketganini e’lon qildi.

Myunxenliklar jamoadan ketgan futbolchilarga bag‘ishlangan maxsus futbolkalarni sotuvga chiqardi.

David Alaba “Bavariya” safida 10 marta Germaniya chempionatida, 6 marta Germaniya kubogi va Superkubogida, 2 marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.

Jerom Boateng "Bavariya" safida 9 marta Germaniya chempionatida, 5 marta Germaniya kubogi va Superkubogida, 2 marta Chempionlar ligasida g‘olib bo‘ldi.

Xavi Martines 9 marta Germaniya chempionatida, 5 marta Germaniya kubogi va 4 marta Superkubgida, 2 marta Chempionlar ligasida g‘olib bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!