
"Bavariya" a’zolari yoppasiga test topshirishdi
"Bavariya" klubi futbolchilari va rahbariyati koronavirusga qarshi test topshirishdi. Bu haqda Bild nashri muhbiri Xayko Niddere xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, test natijalari myunxenliklarning hech birida Covid-19 aniqlanmaganini ko‘rsatgan.
Eslatib o‘tish lozimki, “Bavariya” 25 turdan so‘ng Bundesliga musobaqa jadvalida 55 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Chempionat o‘yinlari esa 15 maydan davom ettirilishi mumkinligi haqida xabarlar bor.
Fikrlar