
"Bavariya" asosiy hujumchisi bilan shartnomani uzaytirishga yaqin
Erik-Maksim Shupo-Moting "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi. Jurnalist Florian Plettenbergning xabar berishicha, Myunxen klubi 33 yoshli hujumchisi bilan shartnomani 2024 yilning yoziga qadar uzaytiradi.
Yangi shartnomaga ko‘ra, kamerunlik futbolchining maoshi bonuslar bilan birga yiliga 10 million evroni tashkil qiladi. Shupo-Motingning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Ma’lumot o‘rnida, afrikalik hujumchi 2022/23 yilgi mavsumda Bundesliganing 12 uchrashuvida 7 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar