
"Bavariya" bosh murabbiyi "Barselona" transfer siyosatini tanqid qildi
"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann "Barselona" jamoasining transfer siyosati haqida fikr bildirdi.
"Ular nafaqat Levandovskini, balki yana boshqa futbolchilarni qo‘lga kiritmoqda. Bu vaziyatda qanday qilib holis fikr bildirishni bilmayman.
Ammo ular puli yo‘q bo‘lib, bir nechta futbolchilarni sotib olayotgan yagona klub bo‘lsa kerak. Bu g‘alati va ahmoqona bo‘lib ko‘rinmoqda", - dedi germaniyalik yosh mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval kataloniyaliklar "Bavariya"dan Robert Levandovskini 50 million evroga sotib olgandi.
Fikrlar