
"Bavariya" etakchi futbolchisi bilan shartnomani uzaytiradial
“Bavariya” klubi rahbariyati jamoa himoyachisi David Alaba bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Germaniyalik jurnalist Kristian Falk o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qilishicha, nemis grandi avstriyalik futbolchiga taklif yuborgan, ammo ular Alabaga yiliga 20 million evrodan ortiq maosh to‘lay olishmaydi.
David Alaba joriy mavsum “Bavariya” safida 30 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar