"Bavariya" etakchi himoyachi bilan shartnomani uzaytiradi
"Bavariya" himoyachisi David Alaba myunxenliklar safida to‘p surishda davom etadi.
Xabarlarga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi klub bilan to‘rt yillik shartnomaga imzo chekadi. Tomonlar yangi kelishuv shartlari bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishmoqda.
Joriy mavsumda Alaba mamlakat chempioni safida 36 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 gol va 2 golli uzatmaga mualliflik qildi.



Fikrlar