
"Bavariya" futbolchisi: "Bayer"ga sovrin topshirilayotganini ko‘rish yoqimsiz edi
"Bavariya" himoyachisi Alfonso Devis jamoasining bugun Bundesliga 4-turidan o‘rin olgan "Verder"ga qarshi (5:0) bahsda qozongan yirik g‘alabasidan so‘ng o‘z fikrini bildirib o‘tdi. Devis ushbu bahsni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
"Biz g‘alabadan xursandmiz, lekin bilamizki, oldimizda navbatdagi muhim vazifa turibdi. "Bayer" bilan o‘yinni intiqlik bilan kutmoqdamiz. Biz o‘zimizga ishonamiz.
O‘tgan yili ular haqli ravishda chempion bo‘lishdi, ammo ularga sovrin topshirilayotganini ko‘rish yoqimsiz edi”, - dedi Devis.
To‘rt turdan keyin “Bavariya” 12 ochko bilan Germaniya Bundesligasida peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar