"Bavariya" futbolchisiga "Barselona" va "Tottenxem" qiziqmoqda

  • 9 aprel, 2021, 23:01
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" klubi himoyachisi Jerom Boateng faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin. Bild nashri jurnalisti Kristian Falk bu haqda xabar berdi.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, germaniyalik futbolchi «Barselona» va «Tottenxem» klublarining qiziqishlari doirasiga tushgan. Boateng shu yili yozda erkin agentga aylanadi. Myunxenliklar sport direktor Xasan Salixamijich «Bavariya» 32 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirilmasligini aytib o‘tdi.

Boateng «Bavariya»da 10 yil faoliyat yuritdi. U shu vaqt oralig‘ida Bundesligada 8, Germaniya Kubogi va Superkubogida 5, Evropa Chempionlar ligasida 2, Evropa Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!