"Bavariya" Kovach o‘rniga munosib nomzod topdi, ammo...
Xabaringiz bor kecha “Bavariya” Niko Kovachni bosh murabbiy lavozimidan iste’foga chiqardi.
Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra myunxenliklar rahbariyati bu borada “Ayaks” ustozi Erik ten Xag nomzodini ko‘z ostilari olib qo‘yishgan. Biroq, gollandiyalik mutaxassis Amsterdam klubini mavsum o‘rtasida tashlab ketmoqchi emas.
Ta’kidlash kerakki,ten Xag uchun “Bavariya” begona emas. Boisi, u 2014-2015 yillarda “Bavariya-2” jamoasini boshqargan.
Ma’lumot uchun, ten Xag boshchiligidagi jamoa o‘tgan mavsum Gollandiya chempionligini qo‘lga kiritdi va Chempionlar ligasida yarim finalga qadar etib bordi.

Fikrlar