"Bavariya" Levandovsi o‘rniga Ronalduni olib keladimi?
"Bavariya" "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduni xarid qilmoqchi emas. Bu haqda Myunxen klubi sport direktori Hasan Salixamidjich ma’lum qildi.
"Men Krishtianu Ronaldu va uning yutuqlarini hurmat qilaman. Ammo yana bir bor qaytaraman u bizning rejalarimizda emas va bo‘lmagan ham", - dedi Hasan.
Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski tez orada "Barselona"ga ko‘chib o‘tadi. Tomonlar kelishuvga erishgan.

Fikrlar