"Bavariya" Levandovskining o‘rindoshiga yangi shartnoma tayyorlamoqda
"Bavariya" rahbariyati jamoa hujumchisi Erik Maksim Shupo-Moting bilan amaldagi shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.
Kicker nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, myunxenliklar murabbiylar shtabi 31 yoshli futbolchining ko‘rsatayotgan o‘yinlaridan to‘liq qoniqish xosil qilmoqda va shu sababli ham, unga yangi shartnoma tayyorlanmoqda.
Robert Levandovskining o‘rindoshi hisoblangan kamerunlik futbolchi “Bavariya” safida 2020 yilning oktyabridan buyon to‘p suradi. U joriy mavsum 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.



Fikrlar