"Bavariya" London klubidan hujumchi sotib olmoqchi

  • 23.07.2019 14:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Bavariya" klubi "Kristal Pelas" hujumchisi Uilfrid Zaxaning xizmatlariga qiziqish bildira boshladi. Bu haqda 90min.com nashri xabar tarqatmoqda.

Ayni damda nemis grandi 26 yoshli ivuarlik futbolchining transferi borasida taklif tayyorlamoqda. “Bavariya”ga bu borada “Arsenal” raqobat qilishi mumkin. Boisi, “kanonirlar” ham Zaxani o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi.

Ma’lumot uchun, Zaxa o‘tgan mavsum "Kristal Pelas" safida jami 36ta o‘yinda maydonga tushdi va 10ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!