
“Bavariya”: Nima bo‘lsa ham, bu yulduz faqat bizga o‘tishi kerak!
O‘tgan mavsumda “Bayer”ning o‘z tarixida ilk bor Germaniya chempioni bo‘lishika katta hissa qo‘shgan Florian Virtsning kelasi yoz bozori qaynaydigan bo‘lyapti.
Evropaning bir qator grand klublari 21 yoshli hujumkor futbolchini o‘z safida ko‘rishni istaydi. Da’vogarlar orasida “Real”, “Bavariya”, PSJ, “Manchester Yunayted”, “Liverpul” kabi badavlat klublar bor.
Shunga qaramay, “Bavariya” supero‘yinchini Bundesligadan tashqariga ketishiga yo‘l qo‘ymoqchi emas.
Myunxenliklarga Virtsning o‘zida kreativlik, yuqori texnika va samaradorlikni birlashtira olgani va universal o‘yinchi sifatida rivojlanib borayotgani rom etgan.
“Bavariya” Virtsning transferini strategik ahamiyatga ega, deb hisoblayapti va nima qilib bo‘lsa ham uni qo‘lga kiritmoqchi.
“Bayer” o‘z tarbiyalanuvchisi bilan 2027 yilning 30 iyunigacha davom etadigan shartnomaga ega va uni osonlikcha qo‘yib yubormaydi.
Fikrlar