
"Bavariya" rahbari futbolchilarning maoshlariga cheklov qo‘yish kerakligini aytdi
“Bavariya” klubi boshqaruv raisi Karl-Xaynts Rummenigge futbolchilarning maoshiga cheklov qo‘yish kerak deb hisoblamoqda.
“Bu haqda Evropa miqyosida gaplashishimiz kerak, shunda futbol yanada mazmunli bo‘ladi. Futbolchilarga to‘lanadigan, ularning maoshlari, agentlarga to‘lanadigan haqlar yildan-yilga oshib bordi. So‘nggi 10 yil ichida yuzaga kelgan ortiqcha xarajatlarni to‘xtatish vaqti keldi. Bu haqda o‘ylab ko‘rish kerak. Biz ish haqlari cheklovini joriy etish masalasini ko‘rib chiqishimiz shart”, - deydi Rummenigge.
Aytish lozimki, ayrim jamoalar koronavirus tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz sabab maoshlarni qisqartirdi va xarajatlarni kamaytirdi.
Fikrlar