“Bavariya” Robben bilan bir yilga shartnomani uzaytiradi

Myunxenning “Bavriya” klubi gollandiyalik vinger – Aren Robben bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda klub boshqaruv raisi Karl-Xaynts Rummenigge xabar berdi.
“Aren “Bavariya”da qolishni istadi va biz u bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshlab yubordik. O‘ylaymanki, Yangi yilga qadar biz u bilan amaldagi shartnomani uzaytiramiz. 
Yangi shartnoma bir yil muddatga tuziladi. “Bavariya” Robbenning yoshiga aslo e’tibor qilmaydi. Ko‘rib turibsizki u va Riberi hali hamon ajoyib o‘yin namoyish etishmoqda”,
- deydi Rumenigge Sport1.de nashriga bergan intervyusida. 
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!