"Bavariya" "Shalke" darvozabonini tekinga qo‘lga kiritmoqchi

  • 7 oktabr, 2019, 18:33
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Shalke" darvozaboni Aleksandr Nyubel klub taklif etgan yangi kelishuvni rad etdi. Bild nashri xabariga ko‘ra 2020-yil yozida erkin agent maqomini oladigan darvozabonni "Bavariya" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Nyubel Myunxen klubining 33 yoshlik darvozaboni Manuel Noyerning vorisi sifatida ko‘rilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida Aleksandr Nyubel "Paderborn" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanib, "Shalke"ga 2015-yil qo‘chib o‘tgan va 2018-yilda asosiy tarkibda o‘z debyutini nishonlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!